Aholining ko‘p yillik muammosi hal etildi
🔹Bo‘stonliq tumani “Pargos” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Yenke-ata ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholining ko‘plab murojaatlarga asosan xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati M.Aynashova tomonidan ichki ko‘chani asfaltlashtirish masalasini “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida amalga oshirish bo‘yicha olib borgan targ‘ibot ishlari o‘z samarasini berdi.
🔹Aholining uyushqoqligi natijasida Yenke-ata ko‘chasini asfaltlashtirish taklifi “g‘olib” deb topildi hamda M.Aynashovaning deputatlik nazorati ostida belgilangan ishlar to‘liq nihoyasiga yetkazildi.