Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun Uchquduq tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Uchqun Yelmuratov Avangard ovuli Kokayaz OFYga tashrif buyurib, mahalla faollari va aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Маҳаллий давлат ҳокимиятини ривожлантириш: Президент фармони ва 2030 йилгача бўлган истиқболлар
янв.21
2030-yilgacha – xalq hokimiyatchiligi yo‘lida katta QADAM!
янв.21
Кучли Кенгаш, ҳисобдор ва ташаббускор ҳоким.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati Kuzenbayev Bekaris Akmurzayevich tomonidan 11-sonli maktabda “Dolzarb 90 kunlik” bo‘yicha olib borilayotga ishlar o‘rganilganda quyidagilar aniqlandi.
янв.21
“DOLZARB 90 kun”lik tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati Xudoyqulov Umar Xolmamatovich oʻrganish ishlari olib bordi
янв.21
3-maktabni "DOLZARB 90 kunlik" tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati Salimov Umrbek Toirovich oʻrganish ishlari olib bordi
янв.21
Бугун ЎзЛиДеП Учқудуқ туман Кенгаши ташаббуси билан депутатлик гуруҳи эшитуви ташкил этилди
янв.21
"DOLZARB 90 kunlik" tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati Salimov Umrbek Toirovich oʻrganish ishlari olib bordi.
TINCHLIK, ADOLAT VA INSON QADRINING ULUG‘LANISHI – YANGI O‘ZBEKISTONNING ASOSIY TAYANCHI

Yangi O‘zbekiston – bu eng avvalo, inson qadr-qimmatini ustuvor qo‘yadigan davlat. Har bir fuqarosi qadrlanadigan, erki va sha’ni himoyalangan jamiyat barpo etish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar – adolatli boshqaruv, qonun ustuvorligi va ijtimoiy tenglikni ta’minlashga qaratilgan. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, endi xalq davlat uchun emas, balki davlat xalq uchun xizmat qilishi kerak. Bu – butun boshqaruv tizimining tub mohiyatini belgilab bermoqda.

Deputat sifatida biz – xalq vakillari – ushbu yuksak qadriyatlarni hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etishimiz, har bir tashabbus va qonunchilik hujjatida inson manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yishimiz lozim. Tuman, mahalla yoki shahar bo‘lishidan qat’i nazar, har bir fuqaroning dardi, taklifi, ehtiyoji biz uchun muhim bo‘lishi shart.

Tinchlik – taraqqiyotning asosiy kafolati. Uni saqlash, mustahkamlash va kelajak avlodlarga yetkazish bizning siyosiy, huquqiy va fuqarolik burchimizdir. Tinchlik bo‘lmasa – taraqqiyot, rivojlanish va bunyodkorlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Shu bois, har bir deputat, har bir yetakchi bu mas’uliyatni yuragida his etib, o‘z faoliyatida tinchlikni asrash, odamlar o‘rtasida totuvlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratishi zarur.

Adolat esa jamiyat hayotining yuragi, harakatlantiruvchi kuchidir. Qonun oldida tenglik, imkoniyatlarda tenglik – bu nafaqat huquqiy davlat, balki adolatli davlatning ham asosidir. Afsuski, hali hanuz joylarda adolatdan norozi bo‘layotgan fuqarolarimiz bor. Bu esa, bizni har bir mahalliy muammoni tubdan hal etishga, mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlashda faolroq bo‘lishga chorlaydi.

Va nihoyat, inson qadri. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “inson qadri” tushunchasi endi siyosiy shior emas, balki kundalik hayot mezoniga aylanmoqda. Bu esa barcha sohalarda islohotlarni inson manfaati yo‘lida olib borishni taqozo etadi. Deputatlik faoliyatida bu – fuqarolarning fikrini eshitish, ularni qarorlar qabul qilish jarayoniga jalb etish, ularning dardiga befarq bo‘lmaslik degani.

Xulosa qilib aytganda, tinchlik, adolat va inson qadriyatlariga sodiqlik – bugungi siyosatimizning bosh yo‘nalishidir. Bu qadriyatlarni himoya qilish va ulug‘lash esa har birimizning sharafli va muqaddas burchimizdir. Ana shu burchni vijdonan ado etgan holda, biz Yangi O‘zbekistonni haqiqiy xalqparvar davlatga aylantira olamiz.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati:  L.Jamalova.

Slide 1 of 1