Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputatlari M.Kamolova, M.Xudoyberdiyevalar mahalla yettiligi bilan birgalikda Abay MFY aholi bilan uchrashuv o’tkazishdi.
янв.21
Mukohama uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
✔️Bugun xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o’rganish
янв.21
“Salomatlik sari” loyihasi doirasida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash va xotin -qizlar o‘rtasida turli gnekologik kasalliklarni oldini olish maqsadida tumandagi oilaviy poliklinikada bepul tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati M.Ravshanova tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida Navoiy MFY hudidagi 7-sonli maktabga tashrif buyurib, isitish tizimi holati o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida, maktabda istish tizimi quvurlari sozligi, schyotchik aparati qayta summatordan o‘tkazilganligi hamda maktab binosi kuz-qish mavsumiga tayyorligi maʼlum bo‘ldi.
янв.21
Uchquduq tuman “Nuroniylar maskanida” “Maromiylik” loyihasi ijrosi yuzasidan 4-Do‘stlik saylov okrugi deputati I.Rahimov va faol nuroniylar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda, dabdabali to‘ylar hamda boshqa oilaviy tadbir va marosimlarni ixchamlashtirish, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, jamiyatda maromiylik kayfiyatini shakllantirish buyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Ekologik muammolarga qarshi kurashda samarali yechim

Mutaxassislarning fikricha, respublikamiz hududining 70 foizi yoki 31,4 million gektar tabiiy sho‘rlanishga, qum ko‘chkilari, changli bo‘ronlar va garmsellar tarqalishi ta’siriga uchragan qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil maydondan iborat. Qariyb 10
million gektar yaylovlar tubdan yaxshilanishga muhtoj. 

Shu nuqtayi nazardan aytganda, mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, cho‘llanish va qurg‘oqchilikning oldini olish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Sohaga oid
munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy baza yaratilib, doimiy takomillashtirilib borilmoqda. 

Prezidentimiz tomonidan umumbashariy ekologik muammolarni hamkorlikda hal etish borasidagi tashabbuslari turli xalqaro anjuman va uchrashuvlarda ilgari surilmoqda va ular xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda. Bugungi kunda davlatimiz
rahbarining atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid 5 ta tashabbusi doirasida BMTning maxsus rezolyutsiyalari qabul qilingan. 

2024-yil 13-avgust kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan navbatdagi — “Degradatsiyaga uchragan va qurg‘oq hududlarda barqaror o‘rmonzorlarni barpo etish, daraxt ekish va ularni targ‘ib qilish — ekologik muammolarga qarshi kurashning samarali
yechimi” rezolyutsiyasi bir ovozdan qabul qilindi. 

Mazkur rezolyutsiyada Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi va BMTning Iqlim bo‘yicha 28-konferensiyasida iqlim o‘zgarishiga va yerlarning degradatsiyasiga qarshi samarali kurashish bo‘yicha bildirgan asosiy qoidalari
quyidagi 13 ta bandda o‘z ifodasini topgan: 

—Degradatsiyaga uchragan yerlarda, o‘rmon yaratish orqali iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik manfaatlarni rivojlantirish, biologik xilma-xillikni oshirish, ekoturizm uchun imkoniyatlar yaratish; 

— O‘rmonlarni barqaror boshqarish, o‘rmonsiz tabiiy ekotizimlarning degradatsiyaga olib kelmasligini ta’minlash; 

— O‘rmonlarni saqlash, qayta tiklash va barqaror foydalanish uchun, 2030-yilga ijobiy rag‘batlantirish va muqobil siyosat yondashuvlarini tashkillash; 

— A’zo davlatlarni barqaror o‘rmon boshqaruvi amaliyotini nazoratga olish, qurigan yerlarda daraxtlarni ekish, yoki qayta
tiklash; 

— O‘rmonlarni barqaror boshqarishga ko‘maklashish maqsadida xalqaro hamkorlikni, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik va barcha darajadagi tarmoqlararo hamkorlikni mustahkamlash; 

— Birlashgan Millatlar Tashkiloti Atrof-muhit Assambleyasining 2022-yil 2-martdagi 5/5 rezolyutsiyasiga muvofiq,
cho‘llanishga qarshi kurashish, yerlarning degradatsiyasini bartaraf etish va biologik xilma-xillikni yo‘qotishni to‘xtatish; 

— O‘rmonlardan tashqaridagi o‘rmonlar va daraxtlarning havo, suv va tuproq ifloslanishini, tuproq eroziyasining oldini olish; 

— Tegishli hududlarning mahalliy iqlimi, tuproq va ekologik sharoitiga moslashgan, invaziv bo‘lmagan, qurg‘oqchilikka chidamli va mahsuldor o‘simlik turlaridan foydalanish; 

— Barqaror rivojlanish maqsadlariga, xususan, qashshoqlikka barham berish va oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq maqsadlarga
erishish; 

— Barqaror va samarali boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqish orqali degradatsiyaga uchragan yerlarda, lalmi yerlarda ekilgan,
urug‘langan yoki qayta tiklangan daraxtlarning monitoringini ta’minlash; 

— O‘rmonlar va o‘rmon ekotizimlarini muhofaza qilishda o‘rmon egalari, mahalliy aholi, xususiy sektorlar bilan konstruktiv hamkorlik va hissalarini qo‘llab-quvvatlash; 

— O‘rmonlarni barqaror boshqarishda ta’lim va ma’rifiy dasturlarning muhimligini ta’kidlash; 

— 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish kun tartibini amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida cho‘llanish va yerlarning
degradatsiyasidan jabrlangan mamlakatlarga yordam ko‘rsatishda integratsiyalashuvini rag‘batlantirish; 

Rezolyutsiyada o‘rmonlarni barqaror boshqarish va daraxt o‘tqazishning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik afzalliklari har tomonlama
ko‘rsatilgan. Ularning biologik xilma-xillikni oshirish, iqlim o‘zgarishi va havo ifloslanishi oqibatlarini yumshatish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qo‘shgan hissasi, jumladan, kambag‘allikka barham berish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi hissasi alohida ta’kidlanadi. 

Hujjatning o‘ziga xos xususiyati — uning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi so‘nggi ilmiy yo‘nalishlarga muvofiqligidir.
Ekologik toza va ekotizimga asoslangan usullardan foydalangan holda biologik xilma-xillikni saqlash va ko‘paytirish maqsadida BMTga a’zo mamlakatlarga daraxt ekish sohasida aniq tavsiyalar beriladi. 

100 dan ortiq a’zo davlatlar hamda dunyoning turli mintaqalarini ifodalovchi boshqa davlatlar hammualliflik qildi. 

O‘zbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan BMTning maxsus rezolyutsiyasi dunyo mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bilan birga, fuqarolarimizga qulay atrof-muhit yaratishning huquqiy asoslarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Zomin tuman Kengashi deputati P.Tojiboyev