"Dolzarb 90 kunlik" doirasidagi faoliyatlar izchil davom etmoqda
Yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dodi va qiziqishlarini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy, sport va sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarida samarali bandligini ta’minlash maqsadida "Dolzarb 90 kunlik" nomi ostida o‘tkazilayotgan tadbirlar O‘rta Chirchiq tumanida izchil davom etmoqda.
Jumladan, 42-maktabda tashkil etilgan to‘garak mashg‘ulotlari bugungi kunda bolajonlar bilan gavjum. O‘quvchilar yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish barobarida, olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqdalar.
Mazkur jarayon Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Ya.Musayev hamda “Do‘stlik” MFY raisi tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi va kuzatuv ishlari olib borildi.