DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyat mudiri N.Hakimov “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari" bo‘yicha Doimiy komissiya a’zolari bilan hokim yordamchilari tomonidan tavsiya qilingan kreditlarni vaqtida to‘lovlarini amalga oshirish borasidagi ishlar bilan tanishish maqsadida AKT “Mikrokreditbank” Kattaqo‘rg‘on filialida bo‘ldilar. Bank boshqaruvchisi suhbat asnosida shahardagi 18 ta mahallada yashovchi fuqarolar ushbu bankdan kreditlarni rasmiylashtirishlarini ta’kidladi.
O‘rganishlar davomida ayrim mahallalardagi fuqarolar tomonidan kredit to‘lovlarini amalga oshirishda kechikishlar mavjudligi kuzatildi. Shunga ko‘ra deputatlar “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi bilan qarzdorliklari mavjud kreditlar bo‘yicha suhbatlashdilar.
Hokim yordamchisi ushbu muammoli kreditlar bilan bog‘liq muammolar 24-iyunga qadar bartaraf etilishini bildirdi. Deputatlarning bu boradagi o‘rganishlari davom etadi.