Tadbir doirasida ulug‘ vatan urushi qatnashchilari, shuningdek, akademiyada faoliyat olib borgan marhum va nafaqadagi faxriy ustozlar ehtirom bilan yodga olindi. Universitet rektori Sh.Boymuradov faxriylarni tabriklab, yoshlarga tarixni unutmaslik, bunday kunlarga qanday mashaqqatlar bilan erishilganini anglash zarurligini ta’kidladi.