Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o’rganish
янв.21
“Salomatlik sari” loyihasi doirasida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash va xotin -qizlar o‘rtasida turli gnekologik kasalliklarni oldini olish maqsadida tumandagi oilaviy poliklinikada bepul tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati M.Ravshanova tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida Navoiy MFY hudidagi 7-sonli maktabga tashrif buyurib, isitish tizimi holati o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida, maktabda istish tizimi quvurlari sozligi, schyotchik aparati qayta summatordan o‘tkazilganligi hamda maktab binosi kuz-qish mavsumiga tayyorligi maʼlum bo‘ldi.
янв.21
Uchquduq tuman “Nuroniylar maskanida” “Maromiylik” loyihasi ijrosi yuzasidan 4-Do‘stlik saylov okrugi deputati I.Rahimov va faol nuroniylar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda, dabdabali to‘ylar hamda boshqa oilaviy tadbir va marosimlarni ixchamlashtirish, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, jamiyatda maromiylik kayfiyatini shakllantirish buyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Uchquduq tuman 4-Do‘stlik saylov okrugi deputati I.Rahimov tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbat o‘tkazilib, oilalarni yarashtirish oilaviy ajrimlarning oldini olish buyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan o'rganishlar olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati B.Sharipov tomonidan Bandligi ta’minlangan Kambag‘allikdan chiqqan oilalar o'rganildi.
янв.21
Sayyor qabul tashkil qilindi.
Mahallada saylov

Chilonzor tumani Tirsakobod MFY hududida saylov jarayoni bo‘lib o‘tdi.

  Chilonzor tumani Tirsakobod mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan saylov tadbirida xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Imamov Sanjarali To‘lqinovich faol ishtirok etdi.

 Deputat saylov uchastkasiga tashrif buyurib, saylov jarayonining qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilganini bevosita kuzatdi. Deputat fuqarolar bilan suhbatlashib, ularning faol ishtiroki va saylovga bo‘lgan munosabatlarini tingladi.

  Imamov Sanjarali To‘lqinovich har bir saylovchining ovozi jamiyat taraqqiyoti va mahalliy boshqaruv tizimini mustahkamlashda muhim rol o‘ynashini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, u fuqarolarning siyosiy faolligi demokratik qadriyatlar poydevori ekanligiga alohida urg‘u berdi.

Slide 1 of 12