Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
✔️Bugun xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o’rganish
янв.21
“Salomatlik sari” loyihasi doirasida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash va xotin -qizlar o‘rtasida turli gnekologik kasalliklarni oldini olish maqsadida tumandagi oilaviy poliklinikada bepul tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati M.Ravshanova tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida Navoiy MFY hudidagi 7-sonli maktabga tashrif buyurib, isitish tizimi holati o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida, maktabda istish tizimi quvurlari sozligi, schyotchik aparati qayta summatordan o‘tkazilganligi hamda maktab binosi kuz-qish mavsumiga tayyorligi maʼlum bo‘ldi.
янв.21
Uchquduq tuman “Nuroniylar maskanida” “Maromiylik” loyihasi ijrosi yuzasidan 4-Do‘stlik saylov okrugi deputati I.Rahimov va faol nuroniylar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda, dabdabali to‘ylar hamda boshqa oilaviy tadbir va marosimlarni ixchamlashtirish, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, jamiyatda maromiylik kayfiyatini shakllantirish buyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Uchquduq tuman 4-Do‘stlik saylov okrugi deputati I.Rahimov tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbat o‘tkazilib, oilalarni yarashtirish oilaviy ajrimlarning oldini olish buyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan o'rganishlar olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati B.Sharipov tomonidan Bandligi ta’minlangan Kambag‘allikdan chiqqan oilalar o'rganildi.
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

 YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI 

  

Joriy yilning 6 may kuni, Uchquduq tumanidagi Yoshlar markazida yoshlar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Uchqun Yelmuratov, tuman IIB boshlig‘i Anvar Radjapov, tuman bosh imom-xatibi Abdijalol Turdiyev hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 

Uchrashuvda tumandagi yoshlar, shu jumladan probatsiya hisobida turgan yoshlar ishtirok etib, o‘z muammo va takliflarini ochiq va erkin bayon qilishdi. 

Uchrashuv jarayonida har bir yoshning fikri eshitildi, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Shu bilan birga, yoshlarning kelajakdagi o‘rni, ta’lim, ish bilan ta’minlash va ma’naviy tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bunday ochiq muloqotlar yoshlar bilan yaqindan ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda faol ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi 

Slide 1 of 7