Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
✔️Bugun xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o’rganish
янв.21
“Salomatlik sari” loyihasi doirasida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash va xotin -qizlar o‘rtasida turli gnekologik kasalliklarni oldini olish maqsadida tumandagi oilaviy poliklinikada bepul tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati M.Ravshanova tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida Navoiy MFY hudidagi 7-sonli maktabga tashrif buyurib, isitish tizimi holati o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida, maktabda istish tizimi quvurlari sozligi, schyotchik aparati qayta summatordan o‘tkazilganligi hamda maktab binosi kuz-qish mavsumiga tayyorligi maʼlum bo‘ldi.
янв.21
Uchquduq tuman “Nuroniylar maskanida” “Maromiylik” loyihasi ijrosi yuzasidan 4-Do‘stlik saylov okrugi deputati I.Rahimov va faol nuroniylar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda, dabdabali to‘ylar hamda boshqa oilaviy tadbir va marosimlarni ixchamlashtirish, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, jamiyatda maromiylik kayfiyatini shakllantirish buyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Uchquduq tuman 4-Do‘stlik saylov okrugi deputati I.Rahimov tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbat o‘tkazilib, oilalarni yarashtirish oilaviy ajrimlarning oldini olish buyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan o'rganishlar olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati B.Sharipov tomonidan Bandligi ta’minlangan Kambag‘allikdan chiqqan oilalar o'rganildi.
KORRUPSIYA – TARAQQIYOTGA TAHDID

 Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlar X.Tavasharov, D.Turopova, N.Chorieva va Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanovlar va bo‘lim rahbariyati, bo‘lim xodimlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar. Yig‘ilishda korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, davlatga va xalq ishonchiga yetkazadigan zarari, shuningdek, ushbu illatning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz bo‘lish zarurligi keng muhokama qilindi. 

Ma’ruzachilar tomonidan korrupsion xavf-xatarlarning oldini olish, xizmat vazifasini suiiste’mol qilmaslik, davlat mablag‘laridan maqsadli va shaffof foydalanish, fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda halollik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ichki nazorat va mas’uliyatni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 7