Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputatlari M.Kamolova, M.Xudoyberdiyevalar mahalla yettiligi bilan birgalikda Abay MFY aholi bilan uchrashuv o’tkazishdi.
янв.21
Mukohama uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
✔️Bugun xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o’rganish
янв.21
“Salomatlik sari” loyihasi doirasida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash va xotin -qizlar o‘rtasida turli gnekologik kasalliklarni oldini olish maqsadida tumandagi oilaviy poliklinikada bepul tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati M.Ravshanova tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida Navoiy MFY hudidagi 7-sonli maktabga tashrif buyurib, isitish tizimi holati o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida, maktabda istish tizimi quvurlari sozligi, schyotchik aparati qayta summatordan o‘tkazilganligi hamda maktab binosi kuz-qish mavsumiga tayyorligi maʼlum bo‘ldi.
янв.21
Uchquduq tuman “Nuroniylar maskanida” “Maromiylik” loyihasi ijrosi yuzasidan 4-Do‘stlik saylov okrugi deputati I.Rahimov va faol nuroniylar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda, dabdabali to‘ylar hamda boshqa oilaviy tadbir va marosimlarni ixchamlashtirish, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, jamiyatda maromiylik kayfiyatini shakllantirish buyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Tavasharov Xamro Ziyayevich “Shakarqamish mirishkorlari” MCHJga qarashli bozor faoliyati bilan tanishdi

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining “Shakarqamish” 17-saylov okrugidan saylangan deputati Tavasharov Xamro Ziyayevich Oltinsoy tumani “Shakarqamish”
mahallasi “Ibrat” ko‘chasida joylashgan, “Shakarqamish mirishkorlari” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli bozorning bugungi kundagi holati bilan tanishdi.
 

Tashrif davomida deputat bozor infratuzilmasi, savdo sharoitlari, tadbirkorlar va aholiga yaratilgan qulayliklar, shuningdek, sanitariya-gigiyena talablari bajarilishi bo‘yicha mavjud vaziyatni o‘rgandi. Mahalliy tadbirkorlar va fuqarolar bilan muloqotda bo‘lib, ularning fikr-mulohazalari va takliflarini tingladi. 

Tavasharov Xamro Ziyayevich joylarda aholining ehtiyoj va talablariga mos ravishda sharoitlar yaratish, bozor infratuzilmasini yanada takomillashtirish borasida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishini ta’kidladi. 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

Kanalga ulanish uchun: https://t.me/OltinsoyKengashkotibiyati  

Slide 1 of 3