Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Учқўрғонда янги музей барпо этилмоқда
янв.21
Кенгашлар фаолиятида очиқлик: Наманган медиа соҳаси вакиллари учун брифинг ўтказилди
янв.21
Халқ депутатлари Учқўрғон туман Кенгаши котибият мудири М.Бахридинов Навоий маҳалласида ўрганиш олиб борди.
янв.21
Xalq deputatlari Uchqo'rg'on tuman Kengashi xodimlari 27-sonli maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida faoliyat ko‘rsatayotgan turli fan to'garaklari bilan tanishdi.
янв.21
ЖОРИЙ ЙИЛНИНГ 13-МАЙ КУНИ ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ УЧҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Joriy yilning 13–14-aprel kunlari Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan Namangan viloyatining bir qancha tumanlarida ijtimoiy muammolarni o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
Bog‘ishamol mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy muammolarini manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati doirasida nazorat-tahlil tadbirlari davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati G.Tangirova, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Xolmuminov, shahar Kengashi deputati Sh.Allamurodova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov ishtirokida “Bog‘ishamol” mahallasida mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat-tahlil jarayoni Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi” mezonlari asosida tashkil etildi.

Jumladan, mazkur yo‘nalishlarning “mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi” bandi asosida mahallada xotin-qizlar bilan ishlashning amaliy holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, ishsiz xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanish hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, yolg‘iz yoki ko‘makka ehtiyoji bo‘lgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini individual o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, xotin-qizlar o‘rtasida oilaviy nizolarning oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik, erta nikoh holatlarining oldini olish, oilalarda sog‘lom ma’naviy-ijtimoiy muhitni shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik va targ‘ibot-tushuntirish ishlari tahlil qilindi.

Tashrif davomida xotin-qizlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning bandligi, kasbiy qiziqishlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagi, ijtimoiy va maishiy muammolari yuzasidan fikr-mulohazalari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlar faoli tomonidan har bir oilaning ijtimoiy holatidan kelib chiqib manzilli va individual ishlash, muammolarni faqat aniqlash bilan cheklanmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, ularni turli ijtimoiy loyihalar, ta’lim, kasb-hunar va tadbirkorlik dasturlariga keng jalb qilish, iqtidorli va tashabbuskor ayollarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.

Nazorat-tahlil yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

Mazkur o‘rganish mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatining samaradorligini tahlil qilish, xotin-qizlarning muammolarini manzilli o‘rganish va ularni hal etish, bandligini ta’minlash hamda huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni kuchaytirishga qaratildi.

Xalq deputatlari Kengashi tomonidan mahallalarda “24 ta eng muhim yo‘nalish” asosida nazorat-tahlil tadbirlari izchil davom ettirilib, xotin-qizlar bilan ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratida bo‘ladi.

Slide 1 of 1