Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Учқўрғонда янги музей барпо этилмоқда
янв.21
Кенгашлар фаолиятида очиқлик: Наманган медиа соҳаси вакиллари учун брифинг ўтказилди
янв.21
Халқ депутатлари Учқўрғон туман Кенгаши котибият мудири М.Бахридинов Навоий маҳалласида ўрганиш олиб борди.
янв.21
Xalq deputatlari Uchqo'rg'on tuman Kengashi xodimlari 27-sonli maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida faoliyat ko‘rsatayotgan turli fan to'garaklari bilan tanishdi.
янв.21
ЖОРИЙ ЙИЛНИНГ 13-МАЙ КУНИ ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ УЧҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Joriy yilning 13–14-aprel kunlari Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan Namangan viloyatining bir qancha tumanlarida ijtimoiy muammolarni o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI VA IJOBIY HAL ETILDI

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI VA IJOBIY HAL ETILDI


Aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning qonuniy murojaatlarini amaliy hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari tuman Kengashining "7-Tortuli” saylov okrugidan saylangan deputati M.Ashurov tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Shabnam” mahallasida aholi bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla raisi hamda hokim yordamchisining faoliyati, mahallada aholi bilan ishlash holati, fuqarolarning murojaatlari va hududda mavjud muammolar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Deputat tomonidan mahalla faollari bilan suhbatlashilib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla aholisi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning taklif va muammolari tinglandi. Muloqot davomida murojaat qilgan fuqarolardan birining subsidiya olish bo‘yicha murojaati ham atroflicha o‘rganildi.

Mazkur murojaat yuzasidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilib, fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etildi. Fuqaroga o‘zini o‘zi band qilish va daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun tikuv mashinasi ajratilishi belgilandi.

Bu kabi amaliy yordamlar, avvalo, fuqarolarning bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va aholining farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Deputat tomonidan o‘tkazilgan mazkur o‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettirish, fuqarolar murojaatlarining ijrosini nazoratga olish va mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish belgilandi.

Aholi bilan muloqot — muammoni aniqlash, muammoni aniqlash esa uning yechimini topishning muhim qadamidir. Deputatlarning saylovchilar bilan muntazam uchrashib, ularning murojaatlarini tinglashi va amaliy yordam ko‘rsatishi xalq vakilligining muhim ko‘rinishidir.

Slide 1 of 4