Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кенгашлар фаолиятида очиқлик: Наманган медиа соҳаси вакиллари учун брифинг ўтказилди
янв.21
Халқ депутатлари Учқўрғон туман Кенгаши котибият мудири М.Бахридинов Навоий маҳалласида ўрганиш олиб борди.
янв.21
Xalq deputatlari Uchqo'rg'on tuman Kengashi xodimlari 27-sonli maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida faoliyat ko‘rsatayotgan turli fan to'garaklari bilan tanishdi.
янв.21
ЖОРИЙ ЙИЛНИНГ 13-МАЙ КУНИ ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ УЧҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Joriy yilning 13–14-aprel kunlari Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan Namangan viloyatining bir qancha tumanlarida ijtimoiy muammolarni o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#ish_reja_ijrosi
🏥 Tibbiyot xodimining muammo va takliflari o‘rganildi


👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-“Mehnatobod” saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “Mehnatobod” mahallasida deputat faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

📍 O‘rganish jarayonida Mehnatobod oilaviy shifokorlik poliklinikasida tibbiyot xodimi bilan suhbat o‘tkazilib, tibbiyot sohasida mavjud muammolar, ish jarayonida uchrayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha bildirilgan taklif va tashabbuslar atroflicha o‘rganildi.

🔹 Suhbat davomida tibbiyot xodimining mehnat faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi.

🔹 Shuningdek, aholiga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, tibbiyot xodimlarini qiynayotgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda bildirilgan takliflarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish davomida aniqlangan muammo va takliflar tegishli tartibda umumlashtirilib, ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 2