Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЖОРИЙ ЙИЛНИНГ 13-МАЙ КУНИ ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ УЧҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Joriy yilning 13–14-aprel kunlari Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan Namangan viloyatining bir qancha tumanlarida ijtimoiy muammolarni o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
янв.21
Учқўрғон туманида коррупцияга қарши кураш мавзусида учрашув ўтказилди
Prezidentning 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-sonli “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi o'rganildi

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari To‘lqin Jo‘rayev boshchiligida deputatlar va kotibiyat bosh mutaxassisi B. Navro‘zov bilan birgalikda Prezidentning 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-sonli “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi faoliyati o'rganildi.

Monitoring davomida korxona tomonidan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, mavjud yo‘llarni saqlash va ta’mirlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yo‘l xo‘jaligi tizimidagi muammolar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘llar sifatini yanada oshirish hamda aholiga qulay va xavfsiz harakat sharoitlarini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 10