Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Joriy yilning 13–14-aprel kunlari Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan Namangan viloyatining bir qancha tumanlarida ijtimoiy muammolarni o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
янв.21
Учқўрғон туманида коррупцияга қарши кураш мавзусида учрашув ўтказилди
Dolzarb vazifalar yuzasidan Kengash deputatlari uchun zoom orqali navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi

Dolzarb vazifalar yuzasidan Kengash deputatlari uchun zoom orqali navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi tomonidan deputatlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, 24 ta ustuvor yo‘nalish hamda 96 ta qonunni o‘rganish jarayonlarini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida zoom platformasi orqali navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

 📁 Yig‘ilishda deputatlarni 24 ta yo‘nalish bo‘yicha biriktirish, o‘rganish ishlariga bosh mutaxassislarni jalb etish hamda deputatlarni oldindan xabardor qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini Kengash raisi va tuman hokimi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida tashkil etish, hududlarga chiqish jarayonlarini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish zarurligi ta’kidlandi.

 💬 Muhokamalar davomida 96 ta qonunni o‘rganish jarayonida deputatlarga aniq qonunlarni biriktirish, o‘rganish vaqtida savolnomalardan foydalanish hamda natijalarni hujjatlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, deputatlarning oylik faoliyati tahlilini yuritish, doimiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish hamda sessiyalarda ko‘rib chiqiladigan masalalarni oldindan joyiga chiqib o‘rganish amaliyotini kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

 🗂 Yig‘ilishda deputatlik so‘rovlarini tahlil qilish, hal etilmagan masalalarni umumlashtirib tuman hokimiga kiritish, shuningdek, deputat faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri va tizimli yoritish masalalari ham muhokama qilindi. Rasmiy manbalarga aloqador bo‘lmagan axborotlarni tarqatmaslik, har bir deputatning partiyaviy mansubligini ko‘rsatgan holda faoliyatini yoritish yuzasidan tavsiyalar berildi.

 ✅ Shu bilan birga, haftalik ish rejalari va Kengash dayjestlarini ijtimoiy tarmoqlarda muntazam joylashtirib borish, sessiyalarni jonli efirda uzatish, yoshlar va ekspertlar guruhlari faoliyatini keng yoritish muhimligi ta’kidlandi.

 🗣 Mazkur zoom yig‘ilishida tuman Kengashi raisi Jafar Ismanov, Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda Kengashning Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Sobitjon Imamovlar ishtirok etdi. Shuningdek, deputatlar Abdurashid Abdushukurov, Ibrohimjon Abdullayev hamda Sanjar Djalolovlar faol ishtirok etib, muhokamalarda o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.

 💼 Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3