Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Joriy yilning 13–14-aprel kunlari Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan Namangan viloyatining bir qancha tumanlarida ijtimoiy muammolarni o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
янв.21
Учқўрғон туманида коррупцияга қарши кураш мавзусида учрашув ўтказилди
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani Kengashi deputatlari tomonidan 10–25-aprel kunlari 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilarga axborot berishga qaratilgan Reja-grafik tasdiqlandi.

Mazkur Reja-grafikka muvofiq, deputatlar o‘z saylov okruglarida uchrashuvlar o‘tkazib, aholiga olib borilgan amaliy ishlar, erishilgan natijalar hamda hal etilgan muammolar to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etadilar.

Shuningdek, uchrashuvlar davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olinadi.

Reja-grafik ijrosi doirasida deputatlarning aholi bilan muloqoti yana-da kuchaytirilib, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari ta’minlanadi.

Bu esa o‘z navbatida, xalq vakillarining hisobdorligini oshirish, saylovchilar ishonchini mustahkamlash hamda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni samarali hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1