35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Учқўрғон туман Кенгаши котибият мудири М.Бахридинов Навоий маҳалласида ўрганиш олиб борди.
янв.21
Xalq deputatlari Uchqo'rg'on tuman Kengashi xodimlari 27-sonli maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida faoliyat ko‘rsatayotgan turli fan to'garaklari bilan tanishdi.
янв.21
ЖОРИЙ ЙИЛНИНГ 13-МАЙ КУНИ ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ УЧҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Joriy yilning 13–14-aprel kunlari Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan Namangan viloyatining bir qancha tumanlarida ijtimoiy muammolarni o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
янв.21
Учқўрғон туманида коррупцияга қарши кураш мавзусида учрашув ўтказилди
MUNOSABAT

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatining iqtisodiy salohiyatini oshirish, sanoatni rivojlantirish, viloyatimizni xar tomonlama ijtimoiy- iktisodiy jixatdan  barkarorlashirish borasida maksadli ko‘rsatgichlarni belgilab berdi.
Viloyatimiz iqtisodiyoti endilikda nafaqat yirik tog‘-kon va kimyo sanoati korxonalari, balki har bir tumanning solishtirma ustunliklari asosida rivojlantiriladi.
Xususan, tumanimizda yashillik yangi kiyofaga kiritilishi biz uchun misli ko‘rilmagan darajada yangi imkoniyatlar eshigi ochib beradi.
Mazkur yangi yondashuv natijasida 2025 yilda yirik tarmoqlarga bog‘liq bo‘lmagan investisiyalar hajmi oshirilib, joriy yilda esa xorijiy sarmoyani jalb qilish va eksport saloxiyatini yanada oshirish maqsad qilingan.
Iqtisodiy o‘sish bilan birga ijtimoiy soha va infratuzilmani yaxshilashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Viloyatda sanoat nomutanosibligini bartaraf etish uchun Nurotada, Gʻazgon, Karmana, Xatirchi kabi xududlarda yuqori qiymatli loyihalar amalga oshirilishi belgilanib olindi .
Shuningdek, karorda ta’lim sohasida, turizm, ishlab chikarish, moliya va iktisodiyot soxalariga xam qator yangidan yangi loyixalari kiritibgina kolmay, maxalla tizimida xam drayver tizimida xunarmandchilik, savdo va ishlab chikarish soxalarini amalga oshirish borasida ko‘plab yangicha mikro loyixalar belgilab  olindi.  Iqtisodiy o‘sish bilan birga ijtimoiy soha va infratuzilmani yaxshilashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Viloyatda sanoat nomutanosibligini bartaraf etish uchun Nurotada 50 gektarli granit sanoat parki va Xatirchida kichik sanoat zonasi tashkil etilib, yuqori qiymatli loyihalar joylashtiriladi.
Shuningdek, ta’lim sohasida "Bir maktab – bir IT sinf" tamoyili joriy etilib, Navoiy va Zarafshonda sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Turizm yo‘nalishida esa Saudiya Arabistoni va BAA tajribasi asosida cho‘l turizmi hamda Karmanada "Qadimiy Karmana" madaniy markazi tashkil etilib, 2026 yilgacha sayyohlar oqimini 3 million nafarga yetkazish va 72 ta yangi mehmonxona qurish belgilandi. Turizm yo‘nalishida esa Saudiya Arabistoni va BAA tajribasi asosida cho‘l turizmi hamda Karmanada "Qadimiy Karmana" madaniy markazi tashkil etilib, 2026 yilgacha sayyohlar oqimini 3 million nafarga yetkazish va 72 ta yangi mehmonxona qurish belgilandi.
Bundan tashqari, 2028 yilgacha Navoiy, Zarafshon va Uchquduq shaharlarida 300 kilometrdan ortiq ichimlik va oqova suv tarmoqlari bosqichma-bosqich yangilanadi. Navoiy viloyatida yaqin yillarda ko‘plab loyihalar amalga oshirilishi ham rejalashtirilgandi. Ular O‘zbekiston prezidenti tomonidan tasdiqlangan mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yangi rejasida nazarda tutilgan turizm va transport infratuzilmasini keng ko‘lamda rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.