35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Учқўрғон туман Кенгаши котибият мудири М.Бахридинов Навоий маҳалласида ўрганиш олиб борди.
янв.21
Xalq deputatlari Uchqo'rg'on tuman Kengashi xodimlari 27-sonli maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida faoliyat ko‘rsatayotgan turli fan to'garaklari bilan tanishdi.
янв.21
ЖОРИЙ ЙИЛНИНГ 13-МАЙ КУНИ ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ УЧҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Joriy yilning 13–14-aprel kunlari Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan Namangan viloyatining bir qancha tumanlarida ijtimoiy muammolarni o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
янв.21
Учқўрғон туманида коррупцияга қарши кураш мавзусида учрашув ўтказилди
Ogoh bo‘ling, firibgar!

Ogoh bo‘ling, firibgar!

Bugungi kunda kiberjinoyat va firibgarlik holatlari tobora ko‘payib borayotgani jamiyatimizdan yanada yuqori ogohlik va huquqiy madaniyatni talab etmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Ogoh bo‘ling, firibgar!” aksiyasi doirasida Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti majlislar xonasida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni “Adolat” SDP Namangan viloyat Kengashi raisi Isroiljon Jo‘rayev qisqacha kirish so‘zi bilan ochib berdi. Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan, firibgarlik holatlari va ularning achinarli oqibatlari aks etgan videorolik namoyish etildi. Mazkur rolik ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan — viloyat Ichki ishlar boshqarmasining kiberxavfsizlik bo‘yicha mas’ul xodimi Umidjon Mamarahimov, shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Ahrorbek Tillayev, NamDU professori, shahar Kengashi deputati Narimon Dehqonov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari, viloyat Kengashi deputati Musoxon Oppoqov hamda viloyat IIB kiberxavfsizlik bo‘limi mas’ul xodimi Otabek Jalolov — kiberjinoyat va firibgarlikning zamonaviy ko‘rinishlari, ularning kelib chiqish sabablari, huquqiy oqibatlari va eng muhimi, ulardan himoyalanish usullari haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

Mutaxassislar tomonidan internet tarmoqlari orqali amalga oshirilayotgan aldov sxemalari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish qoidalari, shubhali havolalar va qo‘ng‘iroqlarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lish zarurati alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mutaxassislardan batafsil javob oldilar. Bu kabi ochiq muloqotlar yoshlarning huquqiy ongini oshirish, kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish va firibgarlikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6