35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Учқўрғон туман Кенгаши котибият мудири М.Бахридинов Навоий маҳалласида ўрганиш олиб борди.
янв.21
Xalq deputatlari Uchqo'rg'on tuman Kengashi xodimlari 27-sonli maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida faoliyat ko‘rsatayotgan turli fan to'garaklari bilan tanishdi.
янв.21
ЖОРИЙ ЙИЛНИНГ 13-МАЙ КУНИ ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ УЧҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Joriy yilning 13–14-aprel kunlari Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan Namangan viloyatining bir qancha tumanlarida ijtimoiy muammolarni o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
янв.21
Учқўрғон туманида коррупцияга қарши кураш мавзусида учрашув ўтказилди
TUMAN KENGASHINING O‘N BESHINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi 2001-yil 29-avgust kunidagi Qonuniga asosan tumanda qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish, profilaktika tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani prokurori Akramov Sharoffiddin Barakayevichning axboroti. 

“Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi” yo‘nalishida 2025-yilning 12 oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Amanto‘raev Muxiddin Shoto‘raevichning hisoboti.

Davlat organlari va tashkilotlari tuman bo‘linmalarida norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarga yuridik hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Qumqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i Xurramov Rustam Xurramovichning axboroti.

Tumanda kambag‘allik va ishsizlik darajasini kamaytirish, aholi daromadini oshirish bo‘yicha 2025-yil natijasi va 2026-yilda amalga oshiriladigan ishlar haqida.

2025-yil 4-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risida” gi hisobotini tasdiqlash haqida.

Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarori bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yxatni tasdiqlash haqida.

Sessiyada har bir masala yuzasidan keng muhokamalar o‘tkazilib, deputatlar mas’ullardan o‘z savollariga javoblar, holatlar yuzasidan izohlar olishdi. Yakunda, kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 6