Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
янв.21
Учқўрғон туманида коррупцияга қарши кураш мавзусида учрашув ўтказилди
Navbatdagi qabulda murojaatlar ijrosi nazoratga olindi

Navbatdagi qabulda murojaatlar ijrosi nazoratga olindi    

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri - K.Muhammadiyev, Kengash deputati B.Mo‘minov hamda DXM direktori A.Yuldashevlar tomonidan tumandagi “Karmaki” mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganilib, har bir murojaat mazmunan tahlil qilindi. Xususan, ikki nafar fuqaroning murojaati yuzasidan aniq vazifalar belgilab olinib, masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan kelishuvlar amalga oshirildi.

Murojaatlarning o‘z vaqtida va qonuniy asosda ko‘rib chiqilishi, ularning ijobiy hal etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tartibda nazorat o‘rnatildi. 

Qabul davomida ta’kidlanganidek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishi bo‘lib, har bir murojaat amaliy yechim bilan yakunlanishi zarur.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 2