Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
янв.21
Учқўрғон туманида коррупцияга қарши кураш мавзусида учрашув ўтказилди
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati N. Akbarova A.Navoiy MFYda fuqarolar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etdi.

 Mazkur uchrashuvda mahalla aholisi, ayniqsa xotin-qizlar ishtirok etib, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida deputat N. Akbarova xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularni oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish, imtiyozli kredit va subsidiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha atroflicha ma’lumot berdi.

Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan ishga joylashish, tikuvchilik va pazandachilik yo‘nalishlarida o‘quv kurslarini tashkil etish, uy sharoitida daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha murojaatlar va takliflar ilgari surildi. Har bir murojaat deputat tomonidan tinglanib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar belgilandi.

Slide 1 of 5