Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
янв.21
Учқўрғон туманида коррупцияга қарши кураш мавзусида учрашув ўтказилди
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyat mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich tuman
Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
 

Uchrashuv davomida aholiga bepul huquqiy maslahat ko‘rsatish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish,
murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, fuqarolarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish, joylarda sayyor qabul va targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik mexanizmlari belgilab olindi.
 

Tomonlar kelgusida aholining huquqiy muammolarini tizimli hal etish, murojaatlarga tezkor va sifatli yondashuvni ta’minlash
hamda manzilli huquqiy yordam ko‘rsatish borasida yaqin hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
 

Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 4