Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
янв.21
Учқўрғон туманида коррупцияга қарши кураш мавзусида учрашув ўтказилди
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputatlari

 “Otaliqqa olingan” yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik
kengashi yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq
deputatlari Quvasoy shahar Kengash deputati shahar hokimi Zafarjon To‘raqulovga “Otaliqqa
olingan” yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdi. 

 Muloqot ochiq va samimiy ruhda tashkil etilib, yoshlarning murojaat va takliflari
bevosita tinglandi. Suhbat davomida bandlik, ta’lim, kasb-hunar egallash,
harbiy xizmat hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan zarur huquqiy
tushuntirishlar berildi. 

  

Shuningdek, yoshlarning muammo va ehtiyojlari o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha
tegishli choralar belgilandi.  

 Uchrashuv yakunida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar
kengayib borayotgani, har bir murojaat alohida nazoratga olinishi va
muammolarni tizimli hal etish ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 1