Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
янв.21
Учқўрғон туманида коррупцияга қарши кураш мавзусида учрашув ўтказилди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nazokat Narxadjayeva “Yangiobod” mahallasida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida hududdagi ijtimoiy muammolar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda qiynalayotgan oilalarning holati atroflicha muhokama qilindi. Mahalla tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatlar ko‘rib chiqilib, ularning manzilli qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududda qurilishi boshlangan maktab obyektining bugungi holati, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Mablag‘larni shaffof va adolatli taqsimlash, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda hamda sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 1