Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЖОРИЙ ЙИЛНИНГ 13-МАЙ КУНИ ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ УЧҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Joriy yilning 13–14-aprel kunlari Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan Namangan viloyatining bir qancha tumanlarida ijtimoiy muammolarni o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
янв.21
Учқўрғон туманида коррупцияга қарши кураш мавзусида учрашув ўтказилди
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimining navbatdagi murojaati Yangiobod mahallasi fuqarolariga bo‘ldi

 Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirovning navbatdagi ochiq muloqoti Yangiobod mahallasida o‘tkazildi.
Unda mahalla fuqarolari bilan uchrashuv tashkil etilib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan murojaat qilindi.
 

  Uchrashuv davomida joylarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi har bir mahalla kesimida aniq loyihalar asosida amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Yangiobod mahallasida ham infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minotini mustahkamlash hamda ijtimoiy obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bosqichma-bosqich olib borilishi qayd etildi.
 

  Mazkur mahallaning o‘ziga xos jihatlariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Hududda yer osti suvlari mavjudligi, 10–15 metr chuqurlikdan unumdor suv chiqishi mumkinligi ta’kidlanib, ushbu imkoniyatdan oqilona foydalanish zarurligi qayd etildi.
Bu tomorqa yerlarini sug‘orish, bog‘dorchilikni rivojlantirish va daromadli ekin turlarini ko‘paytirishda muhim omil bo‘lishi aytib o‘tildi.
 

  Bandlik masalasida mahalladagi ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash yuzasidan ham aniq takliflar bildirildi. Xususan, ularni tikuvchilik fabrikasida ishlashga jalb etish, ish joyiga olib borish va olib kelish uchun avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilayotgani ma’lum qilindi.
Shu bilan birga, uydan chiqmagan holda kasanachilik asosida faoliyat yuritish imkoniyatlari mavjudligi, bu orqali ko‘plab xonadonlarda qo‘shimcha daromad manbai yaratilishi mumkinligi alohida ta’kidlandi.
 

  Murojaat doirasida fuqarolar ishtirokida mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan ham ma’lumotlar tinglandi. Faoliyat tahlil qilinib, bir qator kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi hamda mas’ullarga tegishli ogohlantirishlar berilib, ish samaradorligini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar yuklatildi. 

  Uchrashuv yakunida mahalla fuqarolarining murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha masalalar tegishli soha mas’ullariga biriktirildi. Mahalla ahli esa amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yurtimizdagi tinchlik va barqarorlik uchun shukronalik bildirib, kelgusidagi ishlarga katta umid bilan qarayotganliklarini ta’kidlashdi.  

Slide 1 of 9