Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
янв.21
Учқўрғон туманида коррупцияга қарши кураш мавзусида учрашув ўтказилди
Tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Kun tartibiga Vobkent tumanida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish, jinoyat sodir etilishi omillarini bartaraf etish yuzasidan 2025-yil davomida koʻrilgan choralar haqida, Vobkent tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish va uning profilaktikasi hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hamda 2025-yil davomida tumanda aholi murojaatlari va ularning muammolarini hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar toʻgʻrisidagi masalalalar atroflicha muhokama qilindi.

Masala yuzasidan tuman ichki ishlar boʻlimi va tegishli mutasaddilarning axborotlari tinglandi. Yigʻilishda doimiy komissiya aʼzolari M.Mustafoyev, M.Xayrulloyev, N.Rustamovlar tomonidan kun tartibidagi masalalar borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.

Yigʻilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 4