Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
янв.21
Учқўрғон туманида коррупцияга қарши кураш мавзусида учрашув ўтказилди
“Ekologiyaga e’tibor — xalq salomatligi garovi”

“Ekologiyaga e’tibor — xalq salomatligi garovi”

💠

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishga qaratilgan mazkur Farmoni mamlakat kelajagi uchun juda muhim va o‘z vaqtida qabul qilingan qaror hisoblanadi. Bu hujjat tabiatni asrash bilan birga aholining hayot sifatini yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

✍️Farmonda mahallalarni ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chalarda daraxtlar sonini oshirish, toza havo va sog‘lom muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. Quyosh va shamol energiyasidan foydalanishni kengaytirish, energiyani tejash, chiqindilarni kamaytirish kabi tadbirlar har bir oila uchun ham foydali bo‘ladi.

✍️Shuningdek, aholining salomatligini yaxshil✍️ash, toza suv va sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlash, tibbiyot va ta’lim sohalarida qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari ham Farmonda keng qamrab olingan. “Ekofaol fuqaro” va “yashil oila” kabi tashabbuslar orqali har bir inson tabiatni asrashga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.

✍️Ushbu Farmon nafaqat davlat idoralari, balki barcha fuqarolar, tadbirkorlar va jamoatchilik uchun ham mas’uliyatni oshiradi. Tabiatga e’tibor – bu kelajak avlodlar oldidagi burchimiz. Birgalikda harakat qilsak, mamlakatimiz yanada yashil, toza va farovon bo‘ladi.

Elyor Hamrayev, 

xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati

✈️

@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1