Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЖОРИЙ ЙИЛНИНГ 13-МАЙ КУНИ ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ УЧҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Joriy yilning 13–14-aprel kunlari Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan Namangan viloyatining bir qancha tumanlarida ijtimoiy muammolarni o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
янв.21
Учқўрғон туманида коррупцияга қарши кураш мавзусида учрашув ўтказилди
Deputat tashabbusi bilan Aholining huquqiy muammolari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi

Deputat tashabbusi bilan Aholining huquqiy muammolari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugidan saylangan deputat tuman adliya vakillari hamda mahalla yettiligi vakillari bilan birgalikda aholi huquqlarini tiklash va himoya qilish bilan bog‘liq real huquqiy muammolarni muhokama qilish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda hudud aholisi o‘zlarini qiynayotgan huquqiy masalalarni batafsil bayon qildi, jumladan, mol-mulk huquqlari, ijtimoiy nafaqalar, shuningdek, boshqa dolzarb huquqiy masalalar ko‘tarildi.

Tadbir davomida aholi murojaatlari diqqat bilan tinglandi, ularni qonuniy va samarali yo‘l bilan hal etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, tegishli tashkilot vakillari bilan birgalikda amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida aholining huquqlarini to‘liq himoya qilish, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda murojaatlar ijrosini doimiy nazorat qilish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Shu orqali hududda qonun ustuvorligini ta’minlash va aholiga sifatli huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari yanada mustahkamlandi.

Slide 1 of 4