Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
янв.21
Учқўрғон туманида коррупцияга қарши кураш мавзусида учрашув ўтказилди
Deputat va mahalla yettiligi ishtirokida hududdagi kamchiliklar o‘rganildi

Deputat va mahalla yettiligi ishtirokida hududdagi kamchiliklar o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 10-Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat R.Shamanov va mahalla yettiligi vakillari bilan birgalikda hududlarga chiqib, mavjud muammolar va kamchiliklarni joyida o‘rganib chiqdi. O‘rganishlar davomida infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Xususan, aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar alohida e’tiborga olinib, ushbu masalani hal etish yuzasidan tegishli tashkilot rahbari bilan birgalikda uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mavjud muammolarni bartaraf etish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar muhokama qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishib olindi.

Shuningdek, murojaatnomada belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish hamda aholini muntazam xabardor qilib borish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 4