Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
янв.21
Учқўрғон туманида коррупцияга қарши кураш мавзусида учрашув ўтказилди
Mahallalarda infratuzilma holati o‘rganildi: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari belgilandi

Mahallalarda infratuzilma holati o‘rganildi: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari belgilandi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi rais S.Nazarov, Mahalla “yettiligi” hamda mas’ul tashkilot rahbarlari tomonidan hududlarda olib borilgan o‘rganishlar natijasida bir qator dolzarb muammolar aniqlandi. Xususan, elektr ta’minoti bilan bog‘liq holatlar o‘rganilganda ayrim ko‘chalarda o‘rnatilgan yog‘och ustunlar eskirib, yaroqsiz holga kelgani, bu esa aholining xavfsizligi va barqaror elektr ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu munosabat bilan mazkur yog‘och ustunlarni zamonaviy beton ustunlarga almashtirish zarurligi qayd etildi.

Shu bilan birga, ayrim joylarda ilgari o‘rnatilgan beton ustunlarda ham yoriqlar paydo bo‘lgani aniqlanib, ularning texnik holatini qayta ko‘rib chiqish, zarur hollarda mustahkamlash yoki yangisiga almashtirish lozimligi ta’kidlandi.

O‘rganishlar davomida ichki yo‘llarning sifatsiz holatda ekani, ayrim uchastkalarda asfalt qoplamasi yemirilgani va transport harakatiga noqulaylik tug‘dirayotgani ham aniqlandi. Bundan tashqari, ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar, bosimning pastligi hamda quvurlar eskirgani bilan bog‘liq muammolar mavjudligi qayd etildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Mazkur masalalar deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olinishi belgilab qo‘yildi.

Slide 1 of 7