Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кенгашлар фаолиятида очиқлик: Наманган медиа соҳаси вакиллари учун брифинг ўтказилди
янв.21
Халқ депутатлари Учқўрғон туман Кенгаши котибият мудири М.Бахридинов Навоий маҳалласида ўрганиш олиб борди.
янв.21
Xalq deputatlari Uchqo'rg'on tuman Kengashi xodimlari 27-sonli maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida faoliyat ko‘rsatayotgan turli fan to'garaklari bilan tanishdi.
янв.21
ЖОРИЙ ЙИЛНИНГ 13-МАЙ КУНИ ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ УЧҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Joriy yilning 13–14-aprel kunlari Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan Namangan viloyatining bir qancha tumanlarida ijtimoiy muammolarni o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Бугун халқ депутатлари Учқўрғон тумани Кенгашининг Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Учқўрғон туманида 2025-йилда амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди
янв.21
Учқўрғон туманида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ва Президент Мурожаатномаси мазмун-моҳияти бўйича тарғибот учрашувлари ўтказилди
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining borishi yuzasidan deputat munosabati

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining borishi yuzasidan deputat munosabati

Bugungi kunda mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari izchil va tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayon aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini, qishloq xo‘jaligi sohasidagi mavjud imkoniyatlar va muammolarni aniqlash, kelgusidagi davlat dasturlarini samarali rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ro‘yxatga olish tadbirlari belgilangan reja asosida, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda olib borilmoqda. Jarayonda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan ro‘yxatga oluvchilar ishtirok etib, aholi bilan bevosita muloqot qilish, ma’lumotlarni aniq va xolis to‘plashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati N. Xudoyqulova o‘z munosabatini bildirib, quyidagilarni ta’kidladi:

“Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — bu shunchaki statistik tadbir emas, balki hududlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan muhim jarayondir. To‘planadigan ma’lumotlar asosida ijtimoiy sohalar, qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi, bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq qarorlar qabul qilinadi. Shu bois har bir fuqaroni ushbu jarayonda faol ishtirok etishga chaqirib qolaman.”

Deputat, shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanayotganini, aholiga qulay sharoitlar yaratilganini alohida qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolar tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlar qonunchilikka muvofiq ravishda maxfiy saqlanadi va faqat umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi.

Xulosa qilib aytganda, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari Navoiy shahrida belgilangan talablar asosida olib borilmoqda. Ushbu tadbirning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi kelgusida hududni kompleks rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati,

Xudayqulova Nargiza Gaybullayevna

Slide 1 of 1