35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
MAHALLA MUAMMOLARI VA AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️MAHALLA MUAMMOLARI VA AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev Mirobod tumanidagi “Sharof Rashidov” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari va aholi vakillari bilan uchrashdi. Muloqot davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar tinglanib, hududdagi mavjud muammolar bevosita joyida o‘rganildi.

🛣 O‘rganishda, avvalo, mahalla ichki infratuzilmasi, ko‘chalarning holati hamda piyodalar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi. Xususan, “Chimkent” va “Buyuk Turon” ko‘chalari yo‘l chetlariga avtomobillarning tartibsiz qo‘yilishi piyodalar harakatiga xalaqit berayotgani yuzasidan aholi murojaatlari muhokama qilindi.

🔺 Deputat Otabek Jiyanboyev mazkur hududlarni ko‘zdan kechirib, piyodalar harakati uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish, avtomobillar harakatini tartibli tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni mas’ullar bilan birgalikda ko‘rib chiqdi.

📹 Shu bilan birga, mahallada jamoat xavfsizligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va hududdagi vaziyatni nazorat qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida kuzatuv kameralarini o‘rnatish va hududni ular bilan qamrab olish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi.

🛡 Bu boradagi o‘rganishlar mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan mahalla ichki ko‘chalari va yo‘l harakati xavfsizligi holatini o‘rganish, hududda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratish vazifalari bilan hamohang olib borildi.

🩺 Uchrashuv davomida aholi salomatligini muhofaza qilish, fuqarolar uchun sog‘lom va xavfsiz yashash muhitini shakllantirish bilan bog‘liq taklif va murojaatlar ham tinglandi. Bildirilgan masalalarni tegishli mas’ullar bilan birgalikda ko‘rib chiqish va zarur choralarni belgilash yuzasidan fikr almashildi.

📉 Otabek Jiyanboyev hududdagi muammolarni faqat qayd etish bilan cheklanmasdan, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarning amaliy yechimiga erishish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda mahallada yanada qulay va xavfsiz yashash muhitini shakllantirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10