Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
AHOLI MUROJAATI ASOSIDA MUAMMO O‘RGANILIB, AMALIY CHORA KO‘RILDI

📌 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 1-Markaz saylov okrugidan saylangan deputat Elyorjon Saidovga biriktirilgan kotibiyat mudiri A.Baxromov tomonidan 2026-yil 18-sentabr kuni “Xo‘ja” mahallasi aholisi tomonidan yo‘llangan murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida “Xo‘ja” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi kanalizatsiya quvurlarining ayrim qismlari ta’mirtalab holatga kelib qolgani, natijada ushbu hududda istiqomat qilayotgan aholiga noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi.
🤝 Mazkur masalani ijobiy hal etish maqsadida tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo‘limi hamda BSK rahbari R.Abdumannopov bilan hamkorlikda muammo joyiga chiqib o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kanalizatsiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash va aholi uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
🛠 O‘rganish natijasiga ko‘ra, kanalizatsiya quvurlarini ta’mirlash, nosoz qismlarini tiklash hamda hududda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish tashkil etildi.
🏡 Mazkur ishlar orqali ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarning murojaatida ko‘tarilgan masalani amaliy hal etish, hududning sanitariya-obodonlik holatini yaxshilash hamda aholiga qulay sharoit yaratishga e’tibor qaratildi.
📍 Aholi murojaatlarining joyida o‘rganilishi, muammolarning mas’ullar bilan hamkorlikda muhokama qilinishi va ularning amaliy yechim topishi deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🇺🇿 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi