Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
XONADONIBAY O‘RGANISH: AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIM VA IMKONIYATLAR TARG‘IBOTI.

Xonadonibay o‘rganish jarayonida oilalarning kundalik ehtiyojlari, mavjud muammolari, bandlik holati hamda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularning muammolarini joyida o‘rganish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.
Fuqarolarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, mehnat qilish, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bandlikni ta’minlash va oilaviy daromadlarni oshirish bo‘yicha mavjud chora-tadbirlar haqida tushuntirishlar berildi.
Muloqotlar davomida har bir oilaning individual imkoniyat va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda mavjud muammolarni bartaraf etish, aholining ijtimoiy faolligini oshirish hamda oilalarni barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish muhimligi ta’kidlandi.
Bunday xonadonibay o‘rganishlar aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar belgilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 2