Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
KO‘KSAROY MAHALLASIDA JAMOAT TRANSPORTI FAOLIYATI VA QONUN HUJJATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi #ekspert_guruhlari #162_ta_eng_muhim_qonun

KO‘KSAROY MAHALLASIDA JAMOAT TRANSPORTI FAOLIYATI VA QONUN HUJJATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA O‘RGANILDI

🚌 Aholi uchun qulay, xavfsiz va uzluksiz jamoat transporti xizmatini ta’minlash — fuqarolarning kundalik hayotiga bevosita daxldor bo‘lgan muhim masalalardan biridir. Ko‘ksaroy mahallasida aholi tomonidan bildirilgan murojaat asosida “O‘rikzor mavzesi” avtoshahobchasidan o‘tuvchi avtobuslar qatnovi faoliyati joyiga chiqib, deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

🗂 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi 1997-yil 25-apreldagi 419-I-son Qonuni ijrosi bilan bog‘liq masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Xususan, avtobuslarda to‘lov tizimining ishlashi, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati, qatnovlarning barqarorligi, shuningdek, aholiga jamoat transporti xizmatlarini ko‘rsatishda yuzaga kelayotgan muammolar joyida o‘rganildi.

⚙️ O‘rganish davomida avtobuslarga servis xizmatlarini ko‘rsatish ishlari to‘xtab qolganligi sababli transport vositalarini saqlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va qatnovlarning uzluksizligini ta’minlashda qator muammolar yuzaga kelayotgani aniqlandi.

📌 Mazkur holat jamoat transporti xizmatining barqarorligiga ta’sir qilishi mumkinligini inobatga olib, mavjud muammoni bartaraf etish bilan bir qatorda, avtobuslarning texnik sozligi va ularga servis xizmatlarini muntazam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish masalasi ham muhim vazifa sifatida qayd etildi.

🤝 Deputatlik nazorati — qonun talablarining amaliyotdagi ijrosini o‘rganish, aholi murojaatlariga e’tibor qaratish va aniqlangan muammolarni mas’ullar oldiga aniq masala sifatida qo‘yish mexanizmidir.

📁 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy yo‘nalishi doirasida tashkil etildi. Jarayonda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati, ekspert guruhi a’zolari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi.

📣 Aholining jamoat transportidan foydalanish huquqi va manfaatlarini ta’minlash — qonun ijrosining amaliy ko‘rinishidir. Shu bois aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, transport xizmatlari sifatini yaxshilash va qatnovlarning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqish hamda ularning ijrosini nazorat qilish belgilandi.

Slide 1 of 8