Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyati yuzasidan hisobot eshitildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘qon shahar bo‘linmasining 2026-yilning o‘tgan davridagi faoliyati to‘g‘risida bo‘linma rahbarining hisoboti eshitildi.

Hisobotda qayd etilishicha, yil boshidan buyon shaharda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda qator targ‘ibot-tashviqot va tashkiliy-amaliy tadbirlar amalga oshirilgan. Xususan, 68 ta mahallada “Ma’naviyat targ‘ibot karvoni” va “Shukronalik” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari tashkil etilib, ularga jami 47 ming nafar aholi vakillari jalb etilgan.

Shuningdek, “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazilgan. Mazkur yo‘nalishda jami 4 270 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etilib, ularda 123 ming nafardan ziyod aholi vakillari qamrab olingan.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh g‘oya asosida “Mustaqillik to‘yi” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari 68 ta mahallada tashkil etilib, ularga jami 78 ming nafar aholi jalb etilgan. “Mustaqillik oqshomlari” doirasida ham 76 marotaba tadbirlar o‘tkazilib, 34 ming nafar aholi vakillari qamrab olingan.

"Kinokarvon” loyihasi doirasida shahardagi istirohat bog‘lari, mahallalar, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda 32 marotaba tadbir tashkil etilib, milliy filmlar namoyishlari orqali 4 400 nafarga yaqin yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar va boshqa aholi vakillari qamrab olingan.

“Maktabimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi doirasida ham ta’lim muassasalariga badiiy va ilmiy adabiyotlar yetkazib berilib, maktab kutubxonalarining kitob fondini boyitishga e’tibor qaratilgan. Jumladan, shahardagi ayrim umumta’lim maktablariga jami 300 ta kitob sovg‘a qilingan.

Hisobotda, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini raqamli maydonda kengaytirish borasidagi ishlar ham qayd etildi. Ijtimoiy tarmoqlarda turli mavzularda 24 ta kontent tayyorlanib, joylashtirilgan bo‘lib, ushbu materiallar aholi tomonidan 22 340 marotaba ko‘rilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7