Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

O‘rganish jarayonida maktab jamoasi, xususan, o‘qituvchi va xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning faoliyat davomida duch kelayotgan muammo va kamchiliklari, taklif hamda murojaatlari tinglandi. Pedagoglarning ish faoliyatini samarali tashkil etish, o‘quv mashg‘ulotlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilash, musiqa asboblari va boshqa o‘quv jihozlariga bo‘lgan ehtiyojlar masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda turli ko‘rik-tanlovlarga munosib tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘qituvchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan qayd etilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, maktabdagi mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash hamda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida maktab jamoasining taklif va mulohazalari asosida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1