Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
#24_masala

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov tomonidan 25-Yangi Toyloq saylov okrugi hududiga kiruvchi Charag‘bon mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalarning ijrosi, aholi bilan olib borilayotgan amaliy ishlar hamda soliq qarzdorligini kamaytirish borasidagi faoliyat holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ko‘p qavatli uylarda hamda aholi xonadonlarida soliq to‘lovlari va mavjud qarzdorliklar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Fuqarolarga soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish yuzasidan tushuntirishlar berilishi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.