Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov tomonidan Po‘loti mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
🔵O‘zbekiston Respublikasining 09.04.2025 yildagi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1053-sonli Qonun ijrosini ta’minlash maqsadga muvofiqligi bildirildi.
🔵O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash hamda aholi o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.
🔵Shuningdek, xotin-qizlar faolining o‘z hududidagi oilalar bilan ishlash samaradorligi, murojaatlar bilan ishlash holati va aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari ko‘rib chiqildi.
🔵O‘rganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, xotin-qizlar bilan manzilli ishlashni yanada kuchaytirish va ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlarni tizimli davom ettirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6