Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
244-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI QO‘SHIMCHA G‘OLIB DEB TOPILDI

#Deputatlik_faoliyati #Kengash_sessiyasi #Open_byudjet

244-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI QO‘SHIMCHA G‘OLIB DEB TOPILDI

🏫 Maktabgacha ta’lim — kelajak avlod tarbiyasining muhim poydevoridir. Shu bois maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularda bolalar uchun munosib sharoitlar yaratish va ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirish masalalari doimiy e’tiborda bo‘lishi muhim.

📑 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-son qaroriga muvofiq, "Tashabbusli byudjet" loyihasining 2026-yil 2-mavsumi doirasida Uchtepa tumanida g'olib bo'la olmagan ID 055522968001 raqamli loyihadagi 244-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati D.G.Kamalova tomonidan qo‘shimcha g‘olib sifatida belgilandi.

📁 Mazkur masala yuzasidan xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.

🖥 Ushbu qarorning qabul qilinishi hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda bolalar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish yo‘lidagi muhim amaliy qadam sifatida e’tirof etiladi.

👦 Har bir bola uchun munosib ta’lim va tarbiya sharoitini yaratish — umumiy mas’uliyatimiz. Deputatlik faoliyati doirasida bunday masalalarni ko‘tarish, ularning qonuniy va amaliy yechimini ta’minlash hamda qabul qilingan qarorlarning ijrosini nazorat qilish xalq vakillarining muhim vazifalaridan biridir.

🧠 Uchtepa tumanida ta’lim sohasidagi muhim tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijrosini nazorat qilish va aholi manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4