Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
1-sonli oilaviy poliklinikada bepul dori-darmon bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dehqonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi O‘RQ-265-I-sonli “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan shahardagi 1-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

️O‘rganish davomida poliklinika bosh shifokori Z.Xasanjonova ishtirokida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari, tibbiyot muassasasida yaratilgan sharoitlar hamda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, davlat tomonidan aholiga bepul taqdim etilishi belgilangan 24 turdagi dori-darmon vositalari bilan ta’minlanganlik holati, mazkur dori vositalarining poliklinikada mavjudligi, ularning saqlanishi hamda fuqarolarga belgilangan tartibda va o‘z vaqtida yetkazib berilishi o‘rganildi.

Shuningdek, bepul dori-darmon vositalariga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolarni aniqlash, ularni manzilli ta’minlash hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari sifatini yanada oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning samaradorligini ta’minlash hamda fuqarolarni zarur dori-darmon vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X.Abdullayev tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7