Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi deputatlari
G. Azimova va D. Musayeva tomonidan 51-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sport to‘garaklarining tashkil etilishi va faoliyati o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida sport mashg‘ulotlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchi-yoshlarning sportga jalb etilishi, to‘garaklarga qabul qilish tartibi hamda sport inshootlarining holatiga e’tibor qaratildi.
📝Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 78-son qarori talablari asosida amalga oshirildi.
👉🏻Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va sport to‘garaklari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Bizni kuzatishda davom eting!