35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa — yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi
янв.21
Yangi tashkil etilgan maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
#munosabat

Belgrad shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga o‘tkazilgan rasmiy qabul marosimi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va o‘zaro hurmatning yuksak ifodasidir.
O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi siyosiy muloqotning izchil rivojlanib borayotgani, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochilayotgani quvonarlidir.
🇺🇿Ayniqsa, davlat rahbarlarining o‘zaro tashriflari va ochiq muloqotlari ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qiladigan yangi loyihalarni amalga oshirish, iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashga muhim zamin yaratadi.
🇺🇿Deputat sifatida bunday xalqaro tashriflarni O‘zbekistonning ochiq va pragmatik tashqi siyosati, milliy manfaatlarni ilgari surish hamda xorijiy davlatlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam, deb hisoblayman.
🇺🇿Ishonamanki, O‘zbekiston–Serbiya munosabatlarining yangi bosqichi xalqlarimiz farovonligi va ikki davlat taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Mavluda Xidirova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,