35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa — yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi
янв.21
Yangi tashkil etilgan maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning ishonchli tayanchi
#munosabat

Shanxay hamkorlik tashkilotining 25 yilligiga bag‘ishlangan yubiley sammitida bildirilgan fikrlar bugungi murakkab geosiyosiy sharoitda tinchlik, xavfsizlik va o‘zaro hamkorlikning naqadar muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.
🌏O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning keskinliklarni yumshatish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslari mamlakatimizning xalqaro maydonda tinchlikparvar siyosat yuritayotganining yorqin ifodasidir. Ayniqsa, Yaqin Sharqdagi vaziyatdan xavotir bildirilib, nizolarni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish zarurligiga urg‘u berilgani muhim ahamiyatga ega.
♻️Sammitda ilgari surilgan tashabbuslar SHHT doirasida nafaqat xavfsizlik, balki iqtisodiy hamkorlik, moliyaviy mustaqillik va davlatlar o‘rtasidagi ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
♻️Deputat sifatida, mazkur sammitdagi tinchlikparvar va konstruktiv yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlayman. Bugungi kunda barqaror taraqqiyotning eng muhim sharti — tinchlik va osoyishtalikni asrash, davlatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamkorlikni kuchaytirishdir.

M.Hojiyeva, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati