35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa — yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi
янв.21
Yangi tashkil etilgan maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING ELЕKTR TA’MINOTI — DЕPUTATLAR NAZORATIDA

 TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING ELЕKTR TA’MINOTI — DЕPUTATLAR NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 avgustdagi 555-son “Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari olib borilmoqda.
🔎 Navbatdagi o‘rganish jarayonida tumandagi mebel ishlab chiqarish sexlari faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlarining elektr tarmoqlariga ulanishi, elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik holati, mavjud quvvatlardan foydalanish hamda ishlab chiqarish jarayonini barqaror tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tadbirkorlarning elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaat va muammolari o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash masalalari muhokama qilindi.
🏭 Barqaror elektr ta’minoti — ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirishning muhim omilidir.
Xalq deputatlari Kengashi doimiy komissiyasi tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati asosida davom ettiriladi.

Slide 1 of 5