35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa — yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi
янв.21
Yangi tashkil etilgan maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
JAMOAT TARTIBI VA XAVFSIZLIK MASALASI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

 JAMOAT TARTIBI VA XAVFSIZLIK MASALASI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan mahallalarda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar deputatlik nazoratiga olindi.

📌 Shu munosabat bilan doimiy komissiya tomonidan 2026-yil 2-sentabrda tuman hokimi o‘rinbosari S. Xamrayevga 39-kx-487-26-sonli deputatlik murojaati yo‘llandi.

Murojaatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-sentabrdagi 588-son “Mahallalarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori talablaridan kelib chiqib, tumanda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar haqida batafsil ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

🔎 Mazkur o‘rganish orqali mahallalarda jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik ishlarning samaradorligi hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik holatiga baho berish ko‘zda tutilgan.

⚖️ Deputatlik nazorati — jamoat xavfsizligini ta’minlash, muammolarni aniqlash va ularning yechimini talab qilishning muhim mexanizmidir.