Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov hamda Kengash bosh mutaxassisi I. Ikromov tomonidan deputat Sh. Mardonovning saylov okrugidagi mavjud muammo va imkoniyatlar o‘rganildi.
#tavsiyalar
#qonun_162
#yoshlar_maslahat_guruhi
#deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov hamda Kengash bosh mutaxassisi I. Ikromov tomonidan deputat Sh. Mardonovning saylov okrugidagi mavjud muammo va imkoniyatlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolar uchun muhim bo‘lgan masalalardan biri — A-380 avtomobil yo‘li hududida svetofor o‘rnatish zarurati aniqlandi.

Mazkur masala yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, piyodalar va haydovchilar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish nuqtayi nazaridan alohida ahamiyatga ega.

Aniqlangan ushbu muammo deputatning muammolarni qayd etish daftariga belgilangan tartibda qayd etildi.

Eng muhimi, deputatlik faoliyatining mazmuni muammoni aniqlash bilangina cheklanmaydi — uni mas’ul tashkilotlar oldiga qo‘yish, ijrosini nazoratga olish va natijaga erishishdan iborat.

Har bir qayd — yechim sari qo‘yilgan qadam.

Har bir muammo — e’tibordagi masala.

Har bir murojaat — xalq manfaatining ifodasidir.


🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 3