Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: BOLALAR MAYDONCHASI YANGILANMOQDA

DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: BOLALAR MAYDONCHASI YANGILANMOQDA

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida Yangihayot MFY hududidagi Aloqachilar 2-qavatli uyi oldida joylashgan bolalar maydonchasi holati o‘rganilgan edi.

O‘rganish davomida mazkur bolalar maydonchasidagi mavjud jihozlar ma’nan eskirgani, ayrimlari yaroqsiz holga kelib qolgani hamda hududdagi bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz sharoit yaratish zarurati aniqlangan.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yo‘llanib, ushbu hududdagi bolalar maydonchasini zamonaviy talablarga javob beradigan darajada yangilash va obodonlashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan edi.

📌 Deputatlik so‘rovi natijasida masala ijobiy yechim topib, bugungi kunda bolalar maydonchasini yangilash bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.

Shuningdek, deputat tomonidan fuqarolar bilan ushbu masala yuzasidan suhbat o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va aholi takliflari o‘rganildi. Fuqarolar bolalar maydonchasining yangilanayotgani, hududda farzandlar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratilayotganidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Ayni paytda hududda tegishli ishlar olib borilib, bolalar uchun yanada qulay, zamonaviy va xavfsiz muhit yaratish choralari ko‘rilmoqda.

Bu kabi amaliy ishlar, avvalo, mahalla farzandlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, sport va faol hordiq bilan shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Eng muhimi, fuqarolar murojaati e’tiborsiz qoldirilmadi va deputatlik so‘rovi amaliy natija bilan o‘z tasdig‘ini topmoqda.

🇺🇿 Xalq murojaati — deputat e’tiborida, muammo — amaliy yechimda!

Slide 1 of 4