Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
BUGUN — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM ABDUG‘ANIYEVICH KARIMOV XOTIRASI KUNI

BUGUN — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM ABDUG‘ANIYEVICH KARIMOV XOTIRASI KUNI

🇺🇿 Bugun, 2-sentabr — mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov vafot etgan kun.

Islom Abdug‘aniyevich Karimovning mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, mamlakatimizning davlat suverenitetini mustahkamlash, hududiy yaxlitligini ta’minlash, xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga erishish, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish borasidagi tarixiy xizmatlari xalqimiz xotirasida mangu saqlanadi.

Mustaqillikning dastlabki va murakkab yillarida mamlakatimiz oldida turgan ulkan vazifalarni amalga oshirish, milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda tub islohotlarni amalga oshirish, xalqimizning o‘zligini, milliy qadriyatlari va boy tarixiy merosini tiklash yo‘lida Islom Karimovning faoliyati alohida ahamiyat kasb etdi.
Birinchi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, tinchlik va barqarorlik kabi ezgu g‘oyalar mustaqillik yillaridagi taraqqiyot jarayonlarida muhim o‘rin tutdi.

Bugun Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasini yod etar ekanmiz, u kishining Vatan va xalq oldidagi xizmatlarini chuqur hurmat bilan eslaymiz. Zero, tarixda xalq taqdiri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan siymolar nomi va ezgu ishlari avlodlar xotirasida hamisha yashaydi.

🕊 Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha barhayot.