ZIYORATGOX-10 KO‘CHASI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Raximov hamda tuman
kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan Turk mahalla fuqarolar yig‘ini,
xususan, Ziyoratgox-10 ko‘chasida aholi murojaatlari va mavjud muammolarini
o‘rganish ishlari olib borildi.
Deputat ko‘chaboshi Y.Axmedov hamda mahalla aholisi bilan uchrashib, ular
bilan suhbatlashildi.
Muloqot davomida ko‘chaboshi hamda aholi tomonidan Ziyoratgox-10
ko‘chasining 300 metr qismiga asfalt yotqizish zarurligi bildirildi. Deputat
mazkur masalani hal etish maqsadida mahalla mas’ullariga zarur hujjatlarni
belgilangan tartibda rasmiylashtirib, tuman hokimligiga taqdim etish bo‘yicha
tavsiyalar berdi.
Ko‘tarilgan masalalarning ijobiy hal etilishi tuman Kengashi tomonidan
nazoratga olinishi ta’kidlandi.
Muammo “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga kiritilib, uning ijrosi
deputatlik nazoratiga olindi.